● Do‘kon · onlayn savdo · optom

Do‘kon uchun Telegram stiker-pak

Kiyim, kosmetika, oziq-ovqat yoki optom do‘kon — mijoz Telegram’da «bormi?», «narxi qancha?», «qachon yetadi?» deb yozadi. Bu savollarga brendingiz uslubidagi stiker bilan javob bering: 30 ta stiker 70 000 so‘mdan, 2–5 kunda tayyor.

Qisqacha

Jonli Stiker (Toshkent) do‘konlar va onlayn savdo uchun brend uslubidagi Telegram stiker-pak tayyorlaydi: 30 ta stiker — 70 000 so‘m (statik), 250 000 so‘m (animatsion), 370 000 so‘m (Premium emoji bilan). Matn o‘zbek, rus yoki ikkala tilda. To‘lovdan oldin 3 ta bepul namuna.

01 Iboralar

Do‘kon chatida eng ko‘p kerak bo‘ladigan stikerlar

Do‘konga keladigan xabarlarning ko‘pi bir xil savollar. Pak odatda shu javoblardan tuziladi:

  • Assalomu alaykum
  • Yangi keldi!
  • Sotuvda bor
  • Narxi shaxsiy xabarda
  • Necha dona?
  • Rangini tanlang
  • O‘lchamingizni yozing
  • Optom narxlar
  • Buyurtma qabul qilindi
  • To‘lov keldi, rahmat
  • Kuryer yo‘lda
  • Ertaga yetadi
  • Tugadi, tez orada keladi
  • Chegirma
  • Xaridingiz uchun rahmat
  • Do‘konimiz ochiq

Ro‘yxat — boshlang‘ich nuqta: o‘z iboralaringizni qo‘shasiz, keraksizini olib tashlaymiz. Pakda jami 30 ta stiker bo‘ladi. Ikki tilli do‘konlar uchun ruscha variantlar ham qo‘shiladi: «Новинка», «Оплата получена», «Под заказ», «Есть в наличии».

02 Namunalar

Shu sohadagi stikerlar

Bu — mijozlarimiz uchun tayyorlangan haqiqiy paklardan parchalar. Mijozlarimiz brend nomlarini yozmaymiz, logotiplar yopilgan.

👕 Kiyim brendimijoz paki · brend nomi yopilgan
Assalomu alaykum — xush kelibsiz
Tugadi — tez orada keladi
Chegirma — ushlab qoling
Buyurtma qabul qilindi
Kuryer yo‘lda — tez yetadi
💄 Kosmetika do‘koni (o‘zbek + rus)mijoz paki · brend nomi yopilgan
Новинка — только приехала
Оплата получена — спасибо!
Yaponiyadan — original mahsulot
Rahmat! — xaridingiz uchun
Под заказ — привезу из Японии
🛒 Oziq-ovqat do‘konimijoz paki · brend nomi yopilgan
Assalomu alaykum
Do‘konimiz ochiq
Juma muborak
Xaridingiz uchun rahmat
Baraka toping!
03 Foydasi

Stiker savdoga qanday yordam beradi

Savollarga bir bosishda javob

«Bormi?», «Necha dona?», «Narxi?» — har kuni ko‘p marta yoziladigan savollar. Tayyor stiker bilan javob tezroq, sotuvchi har safar matn terib o‘tirmaydi.

Buyurtma holati ko‘rinib turadi

«Qabul qilindi» → «To‘lov keldi» → «Kuryer yo‘lda» — mijoz buyurtmasi qaysi bosqichda ekanini stikerdan tushunadi.

Ikki tilda savdo

Mijozlaringiz ruscha ham yozsa, stikerlar ikki tilda bo‘ladi — yuqoridagi kosmetika do‘koni paki bunga misol.

Har chatda brend

Stikerni olgan mijoz pakni o‘ziga qo‘shib, do‘stlariga ham yuboradi. Do‘koningiz ranglari va iboralari boshqa chatlarda ham ko‘rinadi.

04 Tarif

Qaysi tarif mos keladi

Endi boshlayotgan yoki asosan javob stikerlari kerak do‘konga — Oddiy (70 000 so‘m). Yangi tovar, chegirma, yetkazib berish kabi xabarlar ko‘p bo‘lsa va tovaringiz uslubida chizish kerak bo‘lsa — Biznes (250 000 so‘m). Telegram kanalda katalog yuritsangiz va postlarni brend ikonkalari bilan bezamoqchi bo‘lsangiz — Premium (370 000 so‘m).

Har bir tarifda 30 ta stiker. To‘liq solishtirish — narxlar sahifasida.

05 Boshlash

Bizga nima yuborasiz

Hammasi shart emas — logotip bo‘lmasa ham, uslubingizni sahifangizdan olamiz. Stikerlarda odam yuzi ishlatilmaydi.

  • Logotip (bo‘lsa)
  • Brend ranglari yoki Instagram / Telegram sahifangiz
  • 3–5 ta tovar rasmi — Biznes va Premium’da stikerlar tovaringiz uslubida chiziladi
  • Sotuvchilar eng ko‘p yozadigan javoblar — chatlaringizdan ko‘chirib yuborsangiz kifoya
  • Til: o‘zbek, rus yoki ikkalasi
  1. Raqam qoldirasiz yoki @zzsl01 ga yozasiz.
  2. 3 ta bepul namuna — logotipingizdan, «NAMUNA» belgisi bilan.
  3. Tarif va eskiz — 30 ta ibora va harakatlarni tasdiqlaysiz yoki o‘zgartirasiz.
  4. 2–5 kunda tayyor pak — Telegram’ga qo‘shish havolasi bilan.
06 Savollar

Savol-javob

Tovarlarim rasmi stikerda bo‘ladimi?

Ha, Biznes va Premium tariflarida tovaringiz yoki rasmingiz bo‘lsa, stikerlar shu uslubda chiziladi. Oddiy tarifda — yozuv, logotip va brend ranglari.

Sotuvchilarim pakni qanday oladi?

Tayyor pak havola bilan topshiriladi. Havolani sotuvchilarga yuborasiz — har biri bosib, «Qo‘shish» qiladi.

Brendimni saytingizda ko‘rsatasizmi?

Yo‘q. Saytda mijozlarimiz brend nomlarini yozmaymiz, namunalarda logotiplar yopiladi.

Boshqa savollar: barcha savol-javoblar.

Do‘koningiz uchun 3 ta bepul namuna

Raqamingizni qoldiring yoki Telegram’da yozing — logotipingizdan «NAMUNA» belgili 3 ta stiker yasab beramiz. Yoqsa, tarifni tanlaysiz.

Buyurtma — 70 000 so‘mdan →